Saudiya yana aldadi. Xoshxojiyning jasadi boshqa joydan topildi

Saudiya yana aldadi. Xoshxojiyning jasadi boshqa joydan topildi

Avvalroq, Saudiya Arabistoni rasmiy vakilining bergan bayonotiga ko‘ra, Jamol Xoshxojiyning jasadi Istanbul yaqinidagi Sulton Ahmad qishlog‘ida ko‘milgani haqida xabarlar tarqalgandi.
 
Ammo Saudiya rasmiy vakilining bergan bayonoti o‘z tasdig‘ini topmadi.
 
Bugun, 23 oktyabr kuni Turkiya polisiyasi Jamol Xoshxojiyning jasadini Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasidan topgan. Bu haqda Turkiyaning “Vatan” muxolif partiyasi rahbari Do‘gu Perinchak bayonot bergan.
 
Aniqlanishicha, Xoshxojiy o‘ldirilgach, uning jasadi bo‘laklarga bo‘lingan hamda konsulxona ichidagi quduqqa joylangan. Polisiya aynan quduq ichidan jasad bo‘laklarini topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!