Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 14 kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 14 kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida Iordaniyadan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi. Yana 17 nafar ziyoratchi bedarak yo‘qolgan.Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Reaturs xabar berdi.

Haddan tashqari jazirama tufayli kamida olti nafar ziyoratchi halok bo‘ldi: 17 iyun kuni kechqurun Makkada havo harorati +47°C ga etadi. Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi havo harorati keskin ko‘tarilishidan ogohlantirdi va ziyoratchilarni soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda bo‘lmaslikni so‘radi.

Haj musulmonlarning Makkaga ziyorat qilishidir. O‘tgan yili Makkaga Haj ziyoratiga 1,8 million ziyoratchi kelgan. Haj 14 iyunda boshlanadi va 19 iyunda tugaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!