Saudiya Arabistoni va Xitoy valyuta ayirboshlash shartnomasini tuzdi

Saudiya Arabistoni va Xitoy valyuta ayirboshlash shartnomasini tuzdi

Saudiya Arabistoni va Xitoy markaziy banklari milliy valyutalarda svop bitimini tuzdilar.

Bu haqda Saudiya Arabistoni tartibga soluvchi organining o‘z saytida e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

Tomonlar milliy valyutalarni ayirboshlash imkoniyatiga ega bo‘lgan svop liniyasi hajmi 50 milliard yuanni tashkil etadi, bu taxminan 6,97 milliard dollarga to‘g‘ri keladi.Shartnoma uch yilga mo‘ljallangan.

Markaziy banklar o‘rtasidagi valyuta almashinuvi likvidlik tanqisligidan himoya qilish vositasidir. Bu har bir tarafga boshqa mamlakat valyutasida likvidlikni valyuta bozorlarida sotib olmasdan olish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!