Saudiya Arabiston Haj va umra vaziri ishdan olindi

Saudiya Arabiston Haj va umra vaziri ishdan olindi

The New Arab nashrining xabar berishicha, Saudiya Arabistoni Haj va umra vaziri Muhammad Bantan ishdan olingan.

Vazir ishdan bo‘shatilgani haqidagi qaror juma kuni e’lon qilindi. Haj va umra vazirligiga vaqtinchalik rahbar etib Issam ibn Said tayinlandi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli Saudiya Arabistonining haj va umra ziyoratlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadigan firmalari katta zarar ko‘rdi. Joriy haftada bunday firmalarga moliyaviy va iqtisodiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi hukumat dasturi tasdiqlandi.

O‘tgan yili atigi 10 ming kishi haj amallarini bajardi, 2019 yilda haj ziyorati uchun 2,5 million kishi kelgan edi. Pandemiya hali ham davom etayotgani sababli bu yil necha kishining haj qilishiga ruxsat berilishi noma’lum bo‘lib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!