"Sariq nimchalilar"ga qarshi guruh Parij ko‘chalarini to‘ldirdi: "Fransiya bo‘ylab tinchlik"

"Sariq nimchalilar"ga qarshi guruh Parij ko‘chalarini to‘ldirdi: "Fransiya bo‘ylab tinchlik"

Parijda qizil ko‘ylaklilar harakati tomonidan tashkil etilgan "Respublika ozodlik marshi"da ishtirok etish uchun o‘n minglar odamlar namoyishga chiqdi. Bu to‘g‘rida Parij polisiyasi ma’lumotlariga asoslanib France Info xabar qildi.

Marsh ishtirokchilari Millat maydonidan boshlab Bastiliyagacha "demokratiya hamda institutlarni himoya qilish" shiori ostida harakatga kelgan. CNEWS ma’lum qilishicha, ular "Millatni to‘xtating" shiori ostida chiqishlar qilgan.

O‘ta "qizil ko‘ylakli"lar esa "tartibni qayta tiklash" hamda "Fransiya bo‘ylab tinchlik" shiorlarini ko‘tarib, o‘zlarining revolyusiya hamda "Sariq nimchalilar"ga qarshi ekanliklarini namoyish qilishgan. Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur harakat 26 noyabr kuni Jon Kristofor Verner tomonidan Voklyuzda tashkil etilgan.

Noyabr oyi o‘rtalarida hukumatning benzin uchun soliqlarni oshirishi munosabati bilan Fransiya bo‘ylab namoyishlar boshlangan edi. Mazkur Aksiya Sariq nimchalilar nomini olib, namoyish a’zolari obodonchilik xizmati vakillariga o‘xshash sariq rangli nimcha kiyib olgani bunga sabab bo‘lgan.

 

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!