Sanjar Tursunov professional boksda debyut qiladi

Sanjar Tursunov professional boksda debyut qiladi

Birinchi og‘ir (-90 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Tursunov 8 noyabr kuni professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi. Bu haqda "turon24" ma’lum qildi.

Tursunovning aytishicha, ilk jangidagi raqibi meksikalik Migel Kubos bo‘ladi. Jang 8 noyabr (Toshkent vaqti bilan 9 noyabr tongi) kuni Kaliforniyada, Indio shahridagi "Fantasy Springs Casino" arenasida bo‘lib o‘tadi. Jang 4 raunddan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

29 yoshli Migel Kubos professional boksda 30 ta jang o‘tkazib, ularning 11tasida g‘alaba (8 ta nokaut) qozongan, 19 ta jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!