Samsung taniqli smartfon turkumini "o‘ldirmoqchi"

Samsung taniqli smartfon turkumini "o‘ldirmoqchi"

Samsung kompaniyasi o‘z vaqtida to‘g‘ri qarorlari bilan raqobatda yutgan va bugungi kunda jahonning qimmat kompaniyalaridan biriga aylangan tadbirkori. Shunday bo‘lsa ham, nufuzli kompaniya so‘nggi vaqtlarda bir qator kutilmagan sinovlarga duch kelmoqa. Jumladan uning smartfonlariga bo‘lgan talab tushib ketmoqda.

Janubiy koreyalik ishlab chiqaruvchi vaziyatni barqarorlashtirish hamda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun ko‘pchilik uchun kutilmagan qarorni qabul qildi – ishlab chiqaruvchi Galaxy Note turkumini tugatish taraddudini ko‘rmoqda. Bu turkumda kompaniyaga nom va daromad keltirgan bir nechta fabletlar taqdim qilingan edi.

Koreyaning The Bell nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 9 smartfoni turkumning so‘nggi vakili bo‘ladi. Marketologlarning fikricha, navbatdagi turkum "Galaxy X" deb nomlanadi. Shuningdek, yaqindagina qamoqdan chiqqan kompaniya vise-prezident Li Jeyon "Galaxy Note va Galaxy S" turkumlarini birlashtirish taklifini ilgari surgan.

Odatda bunday masalalarga kompaniya rahbariyati hech qachon aralashmagan. Biroq, ayni vaqtdagi vaziyat Samsung uchun yangi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishni taqozo qilmoqda. Kompaniya yo‘lboshchisining so‘zlariga ko‘ra, Galaxy Note turkumidan voz kechish muayyan flagman model ustida ishlash, yangi ilg‘or jihatlarni tatbiq qilish va shu orqali brend nufuzining saqlab qolinishiga xizmat qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S10 2018 yilning boshidayoq savdoga chiqariladi. Uni uch xil modifikasiyada xarid qilish mumkin. 6,4 dyuymli displey hamda uch sensorli bosh kameraga ega bo‘ladigan flagmanning S Pen stilusiga ega talqini ham ishlab chiqariladi. Natijada, bu model Galaxy Note 10'ning o‘rnini bosa oladi.

Umuman olganda, Samsung ham Apple siyosatini qo‘llab, diqqatni bitta flagmanga qaratmoqchi. Bunday qaror korporasiyaga yordam beradimi, yo‘qmi - bu hozircha mavhum.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!