Samsung’ga patentni buzgani uchun 400 mln dollarlik jarima solindi

Samsung’ga patentni buzgani uchun 400 mln dollarlik jarima solindi

Bloomberg axborot agentligining ma’lum qilishicha, gap FinFet texnologiyasi – mikrochipning unumdorligini sezilarli oshirishga va shu bilan birga uning energiya sarfini kamaytirishga imkon beruvchi tranzistor haqida ketmoqda. KAIST IP US’ning bayonotiga ko‘ra, Samsung dastlab ushbu ixtironi mayda deb hisoblab, unga bepisandgina munosabat bildirgan. Biroq bu tranzistorga Samsung’ning yarimo‘tkazgichlar bozoridagi asosiy raqobatchisi Intel e’tibor qaratgandan keyin u ham bu texnologiya ustida ishlash bilan shug‘ullana boshlagan. Kompaniya shu tariqa Intel va KAIST o‘rtasidagi kelishuvni buzgan.

Janubiy Koreya kompaniyasining ta’kidlashicha, u texnologiyani yaratish ustida Koreya instituti bilan birgalikda ishlagan va shu sababli ixtiroga huquqni buzgan hisoblanmaydi. Kompaniya sud qarori ustidan arz qilmoqchi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!