Samarqanddagi to‘yxonada janjal sodir bo‘ldi

Samarqanddagi to‘yxonada janjal sodir bo‘ldi

2019 yil 16 mart kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi A.X., Jartepa mahallasida hududida joylashgan Xushvaqt bobo to‘yxonasida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi E.M.ning qorniga shisha sinig‘i bilan urib, jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, E.M. kasalxonaga yotqizilgan. A.X. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!