Samarqandda oilaviy korxonaga qarashli omborxona va savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqandda oilaviy korxonaga qarashli omborxona va savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 20-iyun kuni soat 19:25 da Samarqand shahri “Bog‘isaroy” MFY Spitamin shox ko‘chasi 68-uyda joylashgan 1985 yilda to‘g‘ilgan fuqaro S.T. ga tegishli bo‘lgan "Saidabegim" oilaviy korxonasiga qarashli omborxona va savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVB xabar kelib tushgan.

Yong‘in joyiga 1-YOQE soat 19:28 da yetib borib, soat 20:00 da qurshab olgan va yong‘in soat 20:35 da bartaraf etilgan. Yong‘inni bartaraf etishga FVB ning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus suv tashish texnikasi jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida omborxona va savdo do‘konining taxminan 210 kv.m maydonda shift, tom qismi va omborxona ichida paxta toylari yonib zararlangan.

Yong‘indan 350 m.kv saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.Yong‘in taxminan elektr simlarining qisqa tutashuvidan sodir bo‘lgan.

Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!