Saloh tufayli Serxio Ramosning hayoti xavf ostida qolmoqda

Saloh tufayli Serxio Ramosning hayoti xavf ostida qolmoqda

“Real” himoyasi Serxio Ramosning hayoti “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohga jarohat yetkazgani uchun xavf ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Ramos Chempionlar ligasi finalida misrlik hujumchini yiqitgan, oqibatda Saloh o‘yinni ancha barvaqt jarohat olib tark etishga majbur bo‘lgandi.

Ispan nashrlarining yozishicha, ayni damda muxlislar ijtimoiy tarmoqlar orqali Ramosni haqoratlarga ko‘mib tashlashgan. Eng yomoni, hozirda Muhammad Salohning ko‘plab muxlislari ispaniyalik himoyachiga qo‘ng‘iroq qilib, tahdidli fikrlar bildirishgan va oila a’zolarining hayotini xavf solishlarini ta’kidlashgan. “Marca” nashrining yozishicha, ayni damda Ramos va uning oila a’zolari telefon raqamlarini o‘zgartirishga majbur bo‘lishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!