Saloh — Suares, Ronaldu — Ramos: bugun kimning imkoniyati qanday?

Saloh — Suares, Ronaldu — Ramos: bugun kimning imkoniyati qanday?

Nihoyat, kecha Rossiyadagi jahon chempionati ham start oldi. Dastlabki o‘yinda mezbonlar Saudiya Arabistoni terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi.

Bugun ham bizni bir-biridan shiddatli bahslar kutmoqda. Dastlab Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Misr hamda Urugvay o‘zaro kuch sinashadi. Aslida, mazkur to‘qnashuvga Urugvay yaqqol favoritdek ko‘rinadi, ammo misrliklar safida Muhammad Salohdek futbolchi borki, bu Misr termasining kuchi va imkoniyatlarini bir hissa oshiradi. Mazkur o‘yinning natijasini oldindan aytish mumkin, imkoniyatlar esa 60:40, Urugvay foydasiga.

Ikkinchi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Eron hamda Marokash to‘qnashuvi ham ko‘pchilikni befarq qoldirmasligi tayin. Osiyo hamda Afrika yetakchilari o‘rtasidagi bahsda imkoniyatlar 50-50.

Va nihoyat bugunning markaziy o‘yini — Portugaliya va Ispaniya. Klub safida yelkadosh bo‘lib o‘ynagan Ronaldu va Ramos bugun raqibga aylanishadi. Umuman, bugun portugaliyalik futbolchi ko‘plab klubdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Bu juftlikda, baribir, Ispaniyaning imkoniyati ko‘proq, chunki “qizil furiya” darvoza, himoya, yarim himoya va hujum chizig‘I borasida faxrlansa arziydi. Faqat “Lopetegi mojarosi” salbiy ta’sir qilmasa bo‘lgani.

Portugaliya ham oldingiga nisbatan kuchaygan. Tarkibda Gedesh kabi futbolchilar paydo bo‘ldi. Umid qilamizki, bugun teng kurash bahsiga aylanamiz. Darvoqe, mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!