Saidjamshid Jafarovning Olimpiada chempioniga qarshi jangi bekor bo‘ldi

Saidjamshid Jafarovning Olimpiada chempioniga qarshi jangi bekor bo‘ldi

JCh finalchisi, hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov 27 aprel kuni qozog‘istonlik Olimpiada chempioni Daniyar Yeleusinovga qarshi jang qilishi lozim edi.

Biroq, Daniyar jarohat oldi va o‘sha kuni jang qila olmaydi.

Demak, 27 aprel kuni Almatida o‘tkaziladigan boks oqshomida Saidjamshid Jafarov - Daniyar Yeleusinov to‘qnashuvi o‘tkazilmaydi.

Kechaning markaziy jangida qozog‘istonlik Ali Ahmedov va venesuelalik Karlos Rivero o‘zaro jang qiladi.

Saidjamshid Jafarovning ushbu jang kechasidagi raqibi borasida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!