Sabr lug‘atda “to‘smoq”, “bog‘lamoq” demak. Istilohda esa nafsga xush keluvchi narsalarni tark etish, qazo va qadardagi ishlarga isyon qilmay bo‘yin egish, balo va mashaqqat kelganida shikoyat qilmaslik ma’nolarini ifodalaydi.
Sabr, ummatning ijmosi bilan farz bo‘lib, imonning yarmi hisoblanadi. Qolgan yarmi esa shukrdir. Sabrning imondagi o‘rni boshning vujuddagi o‘rni kabi. Junayd Bag‘dodiy mo‘minning ziynati imon, imonning ziynati aql, aqlning ziynati sabr ekanini bayon etadi.
Bandaning ma’nan yuksalishigina emas, dunyo hayotida huzur va saodat ichra yashashi uchun ham sabr zarur. Biz ko‘pincha o‘tmishni o‘ylab, “agar”, “koshki”lar bilan vaqt o‘tkazamiz. Xayolimizni o‘g‘irlab, bor diqqatimizni tortib, Haqdan uzoqlashishimizga, tushkunlikka tushib o‘ylanib o‘tiraverishimizga sabab o‘tmishdagi har turli ishlardir. Bu xastalik ham sabr bilan yengiladi. Oqil kishi o‘tmish va kelajak haqida qayg‘uga tushmaydi, yashayotgan lahzalarining qimmatini biladi. Bu xuddi olma o‘stirayotgan bog‘bonning yuqoridagi gul va mevalar quvvatlanishi uchun nihol tagidan o‘sib chiqqan shoxlarni kesib tashlashi kabidir.
Har turdagi ilmni o‘rganish mumkin, lekin sabr bo‘lmasa, bu ilmdan foyda yo‘q. Ya’ni, ilm bilan sabr bir-biridan ayrilmaydigan ikki hamroh yoki ruh bilan jasad singaridir.
Sirriy Saqatiydan sabr mohiyati haqida so‘rashdi. U kishi javob berayotganida oyog‘ini chayon chaqa boshladi. Hazratning indamay o‘tirganini ko‘rib: “Nega uni o‘ldirmayapsiz?” deyishdi.
– Ham sabr haqida gapirib, ham chayon chaqyapti deb faryod chekishdan Allohdan hayo qilaman, – deb aytdi.
Sabr uchga bo‘linadi. Allohga ibodatlarda sabr, gunoh qilmaslikka sabr, Yaratganning sinovi bo‘lgan musibatlarga sabr. Bu sanalganlardan birinchi va ikkinchisi bandaning ixtiyoriga bog‘liq. Uchinchisi esa unday emas.
Hadisi sharifda marhamat qilinadi: “Sabr uch (turli)dir. Musibatlarga sabr, toatda sabr, gunoh qilmaslikka sabr. Kim balo o‘zidan ko‘tarilgunicha chiroyli sabr qilsa, Alloh taolo unga uch yuz daraja yozadi. Kim toatda sabrli bo‘lsa, Alloh taolo unga olti yuz daraja yozadi. Kim ma’siyatga qarshi sabr qilsa, Alloh taolo unga to‘qqiz yuz daraja yozadi”.
Shuningdek, sabr mohiyatiga ko‘ra uch xil bo‘ladi:
Farz sabr. Alloh taoloning amrlariga bo‘ysunish, harom qilganlaridan tiyilishdagi sabr har bandaga farz;
Nafl sabr. Qilinishi makruh bo‘lgan narsalarga sabr qilish;
Harom sabr. Musulmonning Alloh taolo mukarram etgan moli, joni, nomusiga nisbatan tajovuzga sabr qilish haromdir.
Manba: zamin.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
"Бу тарихдаги энг катта қарз оширилиши бўлиб, Американи тўғридан-тўғри иқтисодий ҳалокат йўлига олиб чиқади", — деб ёзди Маск ижтимоий тармоқдаги саҳифасида
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.