RuTube videoxosting sayti App Store do‘konidan yo‘qoldi

RuTube videoxosting sayti App Store do‘konidan yo‘qoldi

Rossiya rasmiylari You Tube o‘rnini bosuvchi sifatida targ‘ib qilayotgan RuTube videoxosting sayti App Store do‘konidan yo‘qoldi.

RuTube u olib tashlanganligini da’vo qilmoqda. «Bu Amerika kompaniyasining sanksiyalari oqibati bo‘ldi, buning natijasida foydalanuvchilar uchun mobil ilova orqali xizmatlarimizga kirish qiyin bo‘ldi», — deyiladi videoxosting saytida.

Avgust oyi boshidan beri rossiyalik foydalanuvchilar You Tube ishida katta uzilishlarga duch kelishmoqda: VPN xizmatlarisiz videolar sekin yuklanadi yoki umuman yuklanmaydi. 7 avgust, chorshanba kuni Meduza telekommunikasiya bozoridagi manbaga tayanib, Rossiya rasmiylari You Tube'ni 128 kbps ga sekinlashtirishga qaror qilganini yozdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!