Rustam Sa’diyev «Baron 2» filmida suratga tushishi uchun «Qashqirlar makoni» seriali aktyorlari bilan shartnoma imzoladi (foto)

Rustam Sa’diyev «Baron 2» filmida suratga tushishi uchun «Qashqirlar makoni» seriali aktyorlari bilan shartnoma imzoladi (foto)

Qashqirlar makoni serialida suratga tushgan aktyorlar Murad Aydin va Sefa Zengin Baron 2 filmida suratga tushadi. Bu haqda film rejissyori Rustam Sa’diyev jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.

O‘zbekkino MA buyurtmasi bilan suratga olinayotgan Baron 2 filmining suratga olish ishlari fevral oyida boshlanadi. Ayni vaqtda Baron 2 filmi prodyuseri Doniyor Agzamov bilan Turkiyaning Istanbul shahrida Qashqirlar makoni , Muhtasham yuz yil seriallarida suratga tushgan aktyor Murad Aydin va Qashqirlar makoni seriali aktyori Sefa Zengin bilan Baron 2 filmida suratga tushish uchun shartnomalar imzoladik. Bu hali hammasi emas, bu aktyorlardan tashqari yana ikkita dunyo tanigan turk aktyorlari bilan ham muzokoralar davom etmoqda.

Rustam Sa’diyev, Baron 2 filmi rejissyori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!