AQSh Davlat departamenti ma’lum qilishicha, davlat kotibi Marko Rubio Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
"Davlat kotibi Rubio va tashqi ishlar vaziri Lavrov Saudiya Arabistonidagi so‘nggi uchrashuvlar natijalariga ko‘ra keyingi qadamlarni muhokama qildilar hamda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muloqotni tiklash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar," - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Rubio qo‘ng‘iroq paytida rossiyalik hamkasbiga AQShning Yamandagi husiylarga qarshi boshlagan urushi haqida axborot berdi.
Saudiya Arabistonidagi muzokaralar 18 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Ularning yakuniga ko‘ra, Moskva va Vashington Ukrainada urush harakatlarini to‘xtatish bo‘yicha ishlarni boshlash uchun yuqori darajadagi guruhlarni belgilashga; elchixonalarining odatdagi faoliyatini tiklashga; "ikki tomonlama munosabatlardagi muammolarni bartaraf etish" bo‘yicha ishlarni boshlashga va boshqa masalalarga kelishib oldi. Fevral oyida Ar-Riyoddagi uchrashuvdan so‘ng Istanbulda yana bir uchrashuv o‘tkazildi.U yerda tomonlar diplomatik vakolatxonalarni to‘siqsiz moliyalashtirish ta’minoti, diplomatlar faoliyati uchun sharoit yaratish masalalarini muhokama etdilar. Shuningdek, Moskva AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo aloqasini tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.
Россия АҚШ билан кенг кўламли келишув тузишга интилмоқда. Бу келишув Москванинг постсовет ҳудудидаги, жумладан Украинадаги таъсир доираларини тан олиш ҳамда Европадаги мавқеини мустаҳкамлашни ўз ичига олиши мумкин.
Мессенжер асосчисининг ўз каналида ёзишича, Telegram фақат жиноят содир этганликда гумон қилинаётган шахсларга оид IP-манзиллар ва телефон рақамларини ошкор қилган, бироқ шахсий ёзишмаларни эмас. Шаҳсий ёзишмалар ҳеч кимга ва ҳеч қачон ошкор этилмаган.
Хитой ноядровий водород бомбасини синовдан муваффақиятли ўтказди. Бу ҳақда South China Morning Post ўтган ойда эълон қилинган тадқиқотга асосланиб хабар берди.
Янги сунъий йўлдош тасвирлари илк бор Хитой ва Жанубий Корея оралиғидаги Сариқ денгизда икки мамлакат ўртасидаги муносабатларни кескинлаштирган улкан пўлат иншоотни аниқлади.