Rotterdamdagi otishma: uch kishi halok bo‘ldi, gumonlanuvchi - universitet talabasi

Rotterdamdagi otishma: uch kishi halok bo‘ldi, gumonlanuvchi - universitet talabasi

Niderlandiyaning Rotterdam shahrida qurolli shaxs otishma uyushtirib, uch kishini o‘ldirdi, deya xabar beradi polisiya. Bu haqda Kazinform VVSga tayanib xabar beradi.

39 yoshli ayol va 42 yoshli erkak, universitet o‘qituvchisi o‘sha vaqtda vafot etgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular turli joylarda o‘ldirilgan. O‘ldirilgan ayolning 14 yoshli qizi og‘ir tan jarohati olib, keyinchalik shifoxonada vafot etgan.

Hujumchi xonadonda, so‘ngra yaqin atrofdagi «Erazmus» tibbiyot markazida o‘t ochgan. U xonadonda ikki kishini yaralagan, so‘ng uni yoqib yuborgan, deya xabar beradi mahalliy OAV.

Shundan so‘ng, erkak tibbiy muassasaga borib, u yerda otishmani davom ettirgan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, «Erazmus» tibbiyot universiteti talabasi bo‘lgan 32 yoshli fuqarosi ikkala hodisada ham gumonlanib hibsga olingan. Rotterdam prokurori Xyugo Xillenaaraning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat sabablari hozircha aniq emas.

Biroq uning aytishicha, gumonlanuvchi huquq-tartibot organlariga tanish bo‘lib, 2021 yilda u hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va sudlangan.

Huquq-tartibot idoralari vakillari hujumlarda faqat bir jinoyatchi ishtirok etgan deb hisoblamoqda, deb xabar beradi Niderlandiya OAVlari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!