Rossiyaning eng boy ayoli «Spartak» homiysiga aylandi

Rossiyaning eng boy ayoli «Spartak» homiysiga aylandi

Rossiyaning eng boy ayoli Tatyana Bakalchukning Wildberries kompaniyasi «Spartak» futbol klubining homiysi bo‘ldi. Bu haqda FK sayti xabar berdi.

2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab qizil-oqlarning yangi texnik hamkori barcha klub jamoalariga forma yetkazib beradi. Shartnoma uch yilga mo‘ljallangan. Wildberries allaqachon to‘rtta futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi: SSKA (Spartakning asosiy raqiblaridan biri), «Krilya Sovetov» (Samara), «Dinamo» (Moskva). Kompaniya, shuningdek, Ak Bars xokkey jamoasiga (Qozon) homiylik qiladi.

«Chempionat» manbasining tushuntirishicha, Wildberries klub uchun liboslar ishlab chiqarish bilan emas, balki «Spartak» hamkorlik qiladigan brend uchun jihozlar yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!