Rossiyaning Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida “aksilterror operasiyasi” rejimi joriy etildi
Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi “aksilterror operasiyasi” rejimi joriy etilishini Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh uch hududida “vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlar” sodir etilishi bilan izohladi.
Rejim aksilterror operasiyasi o‘tkaziladigan hududda muayyan cheklovchi choralarni ko‘rishga imkon beradi, xususan, hujjatlarni tekshirish, aksilterror operasiyasini olib boradigan shaxslarning har qanday binolarga to‘siqsiz kirishi, axborot almashinuvini nazorat qilish va aloqa vositalarini uzish, odamlarni va transport vositalarini hududdan chiqarib yubori yoki vaqtincha ko‘chirish.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)