Rossiyaga qarshi sanksiyalar sabab oltinga bo‘lgan talab rekord darajada oshdi

Rossiyaga qarshi sanksiyalar sabab oltinga bo‘lgan talab rekord darajada oshdi

Oltinga talab 2022 yilda 18 foizga oshib, 4741 tonnani tashkil etdi, bu 2011 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda World Gold Council (WGC) ma’lumotlariga tayanib, Financial Times xabar bermoqda.

Markaziy banklar tomonidan qimmatbaho metallar sotib olinishi tufayli talab ortdi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkichlar 55 yillik eng yuqori darajaga yetdi. O‘tgan yilning to‘rtinchi choragida markaziy banklar tomonidan oltin xarid qilish hajmi 417 tonnani tashkil etdi, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 12 baravar ko‘pdir. Yillik ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘payib, 1136 tonnani tashkil etdi.

WGC tahlilchisi Krishan Gopolning aytishicha, banklar qimmatbaho metalni tanlagan, chunki zaxira valyutalaridan farqli o‘laroq, u xorijiy hukumatlar tomonidan nazorat qilinmaydi. Bundan tashqari, markaziy banklar AQShning sanksiyalar tufayli Rossiya Markaziy banki faoliyatini muzlatib qo‘yishi fonida o‘z zaxiralarini diversifikasiya qilishni va dollardagi investisiyalarni qisqartirishni istamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!