Rossiyada turar-joy binosida sodir bo‘lgan yong‘inda uch bola halok bo‘ldi

Rossiyada turar-joy binosida sodir bo‘lgan yong‘inda uch bola halok bo‘ldi

Qutqaruvchilar Buryatiya (RF) Respublikasining Treskovo qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish vaqtida uch bolaning jasadini topdi.

Bu haqda Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha respublika agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“23 aprel kuni ertalab Kabanskiy tumanidagi Treskovo qishlog‘ida turar-joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi, birinchi o‘t o‘chirish bo‘limi yetib kelganida 39 kvadrat metr maydonni egallagan uy yonib ketgan edi. Yongan xonani tekshirish chog‘ida shkafdan hayot belgilarisiz 3 nafar bola topilgan”, — deyiladi xabarda.

"Yong‘inni o‘chirishga 8 kishi va 3 ta texnika jalb etilgan. “Yong‘in sabablari aniqlanmoqda, voqea joyida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Buryatiya Respublikasi bo‘yicha bosh boshqarmasi tergovchisi ishlamoqda”, — deya qo‘shimcha qildi boshqarma.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Buryatiya bo‘yicha ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning yoshi bir, ikki va to‘rt yoshda. Ota-onalar uyda yo‘q edi, ular qo‘shnining uyiga chiqib ketishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!