"Rossiyada minib yurgan mashinamni O‘zbekistonga vaqtincha olib kelsam, qancha boj to‘layman?"

"Rossiyada minib yurgan mashinamni O‘zbekistonga vaqtincha olib kelsam, qancha boj to‘layman?"

— Rossiyada xaydovchi bo‘lib ishlayman, minib yurgan mashinamni O‘zbekistonga vaqtincha olib kelsam qancha boj to‘layman? (G‘. P, Farg‘ona viloyati, Paxtaobod tumani)

Xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekistonga kirishida bojxona posti xodimi tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi. 

Majburiyatnoma rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari 90 kungacha bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan ozod etiladi. 

Mazkur muddat o‘tganidan so‘ng avtotransport vositasini O‘zbekistonda bo‘lishiga har bir kun uchun dvigatel hajmining har kub. santimetridan — 0,01 AQSh dollari miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!