Rossiyada koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 50 ming kishidan oshdi

Rossiyada koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 50 ming kishidan oshdi

Rossiyada 19 dekabr holatiga ko‘ra, bir sutka davomida koronavirus bilan kasallangan 585 kishi vafot etdi. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda COVID-19’dan o‘lganlar soni 50 347 kishiga yetdi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtabga tayanib, Meduza xabar qildi.

Shu bilan birga, bir sutka davomida Rossiyada 28 209 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 2 million 819 ming 429 kishiga yetdi.

Bemorlarning jami 2 million 254 ming 742 nafari kasallikdan tuzaldi, shundan 26 109 bemor kasalxonalardan chiqarildi.

Mamlakatda COVID-19’ni aniqlash uchun 85,4 milliondan ortiq laboratoriya tekshiruvi, shu jumladan, so‘nggi 24 soat ichida 527 mingta test o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!