Rossiyada giyohvand modda sotgan o‘zbekistonliklar 12 yilga qamaldi

Rossiyada giyohvand modda sotgan o‘zbekistonliklar 12 yilga qamaldi

Rossiyaning Tula viloyatida giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda ayblangan ikki nafar o‘zbekistonlik qamaldi. Bu haqida "Komsomolskaya pravda" nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil iyun oyi boshida 2 nafar o‘zbekistonlik yashirincha giyohvand moddalarni sotishgan. Ular milisiya xodimlari tomonidan to‘xtatilib, noqonuniy 75,53 gramm giyohvandlik moddasi musodara qilingan.

Sud O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Jinoyat kodeksining 228 moddasi (Giyohvandlik moddasini sotishga urinish) bilan aybdor deb topib, ularning har biri 12 yilga qamaldi. Ular jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!