Rossiya va O‘zbekiston orasida sanitar-epidemiologik osoyishtalik sohasida beshta loyiha amalga oshirilmoqda

Rossiya va O‘zbekiston orasida sanitar-epidemiologik osoyishtalik sohasida beshta loyiha amalga oshirilmoqda

Bu haqida respublika SanEpidQo‘m raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekov Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda aytib berdi.

🔸Ulardan biri — xalqaro mediko-sanitar normalarni, ikkinchisi — O‘zbekiston hududida joylashgan tabiiy vabo o‘choqlarini o‘rganishga qaratilgan.

🔸Uchinchisi — 3-4 xavf guruhiga kiruvchi mikroorganizmlarning antibiotiklarga qarshi turish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.

🔸Yana ikkita loyiha respublikada OITS bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganishga qaratilgan.

“O‘zbekiston yopiq mamlakat emas. Bugun hududdagi qo‘shnilar bilan faol iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni ildam rivojlantirib borayotgan vaziyatda aholining sanitar-epidemiologik xavfsizligini saqlab qolish juda muhim ahamiyatga ega”, - dedi Otabekov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!