Rossiya Qozog‘iston orqali har oy millionlab dollarlik dron va mikroelektronika sotib olyapti

Rossiya Qozog‘iston orqali har oy millionlab dollarlik dron va mikroelektronika sotib olyapti

Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tib, Qozog‘iston orqali har oy millionlab dollarlik dron va mikroelektronika sotib oladi. Bu haqda Important Stories, Speigel va OCCRP qo‘shma tekshiruvida aytiladi.

Rossiyaga dronlarning asosiy yetkazib beruvchilaridan biri Qozog‘istonning Aspan Arba kompaniyasi urush boshlanganidan keyin tashkil etilgan. Uning Rossiyadagi asosiy kontragenti Moskva kompaniyasi «Celestial Mechanics» bo‘lib, ikkala tashkilot ham bir xil egalariga ega.

FSB, razvedka va Mudofaa vazirligi uchun elektronika ishlab chiqarish uchun komponentlar Rossiyaga ko‘p miqdorda Stack kompaniyasi tomonidan import qilinadi, u Qozog‘istonning Da Group 22 kompaniyasidan nemis chiplarini sotib oladi. Stack egalari, Da Gorup 22 va Nemis distribyutorlari bir oilaning a’zolari.

Umuman olganda, urush boshlanganidan keyin Qozog‘istonga mikroelektronika importi ikki baravardan ortiq – 35 million dollardan 75 million dollarga oshgan. Qozog‘istondan Rossiyaga mikroelektronika eksporti 245 ming dollardan 18 million dollarga oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!