Ronaldu va Shomurodov bitta jamoada o‘ynashi mumkin

Ronaldu va Shomurodov bitta jamoada o‘ynashi mumkin

Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkin, unga "Roma" da’vogarlik qilmoqda.

Portugaliyalik yangi bosh murabbiy Erik ten Xagning o‘yin uslubiga mos kelmaydi.

"Manchester Yunayted"ning kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida o‘ynamasligini hisobga olib, forvardning agenti Jorje Mendesh o‘z mijozi uchun yangi klub izlash bilan band.

37 yoshli forvardga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Klub Joze Mourinyu bilan bir yillik faoliyatdan so‘ng Ronalduning transferi "Roma" brendi rivojlanishiga va uning taniqliligini oshirishiga ishonmoqda.

Ronaldu uchun muhim rol Italiyada boshqa Yevropa davlatlariga qaraganda soddaroq soliq tizimidir. Mendeshning "Roma" bilan aloqalari yaxshi – u klubga Joze Mourinyu, Ruy Patrisiu va Serjiu Oliveyrani olib kelgan. "Roma" sport menejmentini boshqarayotgan Tiagu Pintuda esa "Benfika"da ishlab yurgan paytlardanoq Mendesh bilan ajoyib munosabatlar bor.

Ammo, Ronalduning "Roma"ga ehtimoliy transferida to‘siqlar yo‘q emas. Birinchidan, rimliklar unga hozirda "Manchester Yunayted"da olayotgan 23 mln yevro miqdoridagi maoshni to‘lay olishmaydi. "Roma"da allaqachon moliyaviy feyr-pleyga rioya qilish bo‘yicha muammolar bor. Ikkinchidan, "Roma" ham MYu singari kelasi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etadi. Bu musobaqa Ronalduni o‘ziga jalb qilmaydi.

Portugaliyalikning faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan yana bir variant – Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan "Sporting"ga qaytish.

Ronaldu o‘tgan mavsum MYu safida barcha musobaqalarda 39ta o‘yinda maydonga tushib, 24ta gol va 3ta assist qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!