Ronaldu hakam qarorini adolatsizlik deb atadi

Ronaldu hakam qarorini adolatsizlik deb atadi

Krishtianu Ronalduning fikricha, "Al Hilol"ga qarshi bahsda unga berilgan qizil kartochka nohaqlik deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida "Al Hilol" "Al Nassr"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 86 daqiqada Krishtianu Ronaldu raqibga tirsagi bilan zarba bergani uchun hakam tomonidan chetlatildi. Qizil kartochka olgan portugaliyalik hakamga qo‘l ko‘tarishni o‘ylab, qo‘lini ko‘tardi, ammo tezda fikridan qaytdi.

Hakam protokolida Ronaldu "haddan tashqari katta kuch" bilan raqibiga tirsak orqali zarba berganini yozgan. Futbolchi 2 ta bahsga chetlatilishi mumkin.

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi intizom qo‘mitasi Krishtianudan o‘z harakatlariga izoh berishni so‘radi. Futbolchi yozma tarzda tushuntirish berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu "qizil kartochka - adolatsizlik" ekanini yozgan. Portugaliyalik iloji boricha tezroq to‘pni maydonga qaytarishni xohlaganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!