Ronaldu: "Echki soqolimni JCH-2018 oxirigacha qoldiraman, u omad keltiradi"

Ronaldu: "Echki soqolimni JCH-2018 oxirigacha qoldiraman, u omad keltiradi"

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning fikricha, uning echki soqoli jamoasiga jahon chempionatida omad keltirar ekan.

"Echki soqolim? Bu Ispaniyaga qarshi o‘yindan oldin hazil edi. Terma jamoadagi do‘stlarimga ispanlarga gol ursa uni qoldirishimni aytgan edim. Omadim keldi, o‘sha bahsda va kecha gol urdim. Soqolimni JCH-2018 oxirigacha qoldiraman, chunki u omad keltiradi" - deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Marokashga qarshi JCH-2018 guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida gol urib, o‘z jamoasiga 3 ochko olib bergan edi. Forvard turnirda 4ta gol bilan to‘purarga aylanib oldi. U Ispaniyaga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etgan.

manba: CHampionatAzia


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!