Rivojlangan mamlakatlar ko‘proq kimga ishonadi? Putingami yoki Trampga?

Rivojlangan mamlakatlar ko‘proq kimga ishonadi? Putingami yoki Trampga?

Vashingtondagi “Pew Research Center” mustaqil tadqiqot markazi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampga bo‘lgan ishonch darajasini ochib beruvchi tadqiqot o‘tkazdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

So‘rovda Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, shuningdek Belgiya, Daniya, Avstraliya, Gollandiya, Janubiy Koreya va Shvesiya ishtirok etdi.

Tadqiqotda nafaqat Putin va Trampga, balki Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Fransiya rahbarlariga bo‘lgan ishonch darajasi ham aniqlandi.

So‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, 13 mamlakat aholisi Trampga qaraganda ko‘proq Putinga ishonadi: respondentlarning 23 foizi 16 foizga qarshi. Shunday qilib, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti reytingning so‘nggi qatorini egalladi. Undan oldingi pog‘onani esa 19% ovoz bilan Xitoy rahbari Si Szinpin zabt etdi.

Ishonch darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinni 76% ijobiy ovozlar bilan Germaniya kansleri Angela Merkel  egalladi. Undan keyin Fransiya rahbari Emmanuel Makron (64%) va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson (48%) qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!