"Real" yozda "Inter" markaziy himoyachisini sotib olishga harakat qiladi

"Real" yozda "Inter" markaziy himoyachisini sotib olishga harakat qiladi

"Real"ning yozgi transferdagi maqsadlaridan biri - himoya chizig‘ini kuchaytirish. Todofichajes'ning ma’lum qilishicha, Madrid grandi himoyachi Alessandro Bastoni borasida "Inter" bilan aloqalarni kuchaytirgan. "Los-Blankos" 24 yoshli futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi.

Agar summa 65 million yevrodan past bo‘lsa, “Inter” Bastoni bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqishga tayyor emas. Shu bilan birga, "Real" transferga 50 millionlik limit qo‘ygan. Umuman olganda, muzokaralar uchun hali ko‘p vaqt bor.

2023/2024 yilgi mavsumda Alessandro Bastoni 31 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Himoyachida bitta gol va jamoadoshlari uchun ikkita golli uzatma bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!