«Real» Azar jamoani tark etishini e’lon qildi

«Real» Azar jamoani tark etishini e’lon qildi

«Real» mavsum yakunida Eden Azar jamoani tark etishini e’lon qildi.

Madrid klubi va 32 yoshli belgiyalik 30 iyundan shartnomani bekor qilishga kelishib olishdi. Aslida bitim 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangandi.

Yarimhimoyachi «Real»ga 2019 yilning yozida 115 mln yevro evaziga «Chelsi»dan o‘tgandi. U «qaymoqrangilar» bilan 8ta sovrinni qo‘lga kiritdi: Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Yevropa Superkubogi, Ispaniya Kubogi, 2 martadan La Liga va Ispaniya Superkubogi.

Xabar qilinishicha, Azar faoliyatini yakunlashi mumkin.

Futbolchi madridliklar safida jami 76ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol urdi va 12ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eden bu mavsumda barcha musobaqalarda 10ta bahsda maydonga tushib, atigi 392 daqiqa harakat qildi.

Shuningdek, «Real» zaxira hujumchisi Mariano Diasning ham jamoani tark etishini ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!