“Real” afsonasi “Real”ni boshqarishi mumkin

“Real” afsonasi “Real”ni boshqarishi mumkin

“Real” klubini boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar soni yana bittaga ko‘paydi. Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan “qirollik klubi”ni tark etganini rasman e’lon qilganidan so‘ng “qaymoqranglilar” bosh murabbiysiz qolishgandi. Ayni damda Florentino Peres bir nechta murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

“AS” nashrining ma’lumot berishicha, “Real” afsonasi jamoa boshqaruvini qo‘liga olishi mumkin. Madrid klubi rahbariyati o‘z vaqtida “Real”da to‘p surgan Fernando Yerroni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi. Yerro o‘z navbatida “Real”da Karlo Anchelotti davrida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan.

Ayni damda Yerro Ispaniya futbol federasiyasida sport direktori hisoblanadi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!