Rayhon "zapret" haqida: "Men Gulnora Karimovaning suratini joylamadim" (+Video)

Rayhon "zapret" haqida: "Men Gulnora Karimovaning suratini joylamadim" (+Video)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevadan noodatiy tarzda intervyu olishdi. Bu ishni esa "Shok.uz" sayti jurnalisti amalga oishirshga harakat qildi. 

Buning uchun jurnalist xonandani to‘yxonalarldan birining oldida kutib turishga majbur bo‘ldi. To‘y tugagandan so‘ng jurnalist xonanadaga noqulay savollar bilan murojaat qildi. Undan "zapret"ga tushishiga Gulnora Karimovani qo‘llab-quvvatlab, surat joylagani sabab bo‘lgani haqidagi gap so‘zlar va sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan bo‘lgan mojarolar xususida so‘raldi.

"Men Gulnora Karimovaning suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylamadim. Bu yolg‘on. Sobiq erim va uning xotini haqida shuncha voqealardan so‘ng gapirishni istamayman", - dedi Rayhon.

Shuningdek, xonanda, aslida, rostan ham "zapret"ga tushgani yoki tushmaganini ham ochiqlamagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!