Ramzon Qodirovga yana bir unvon berilishi mumkin

Ramzon Qodirovga yana bir unvon berilishi mumkin

Rossiya tarkibiga kiruvchi Checheniston parlamenti o‘z konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish va mintaqa rahbari Ramzon Qodirov lavozimiga «Mekxan Da» unvonini qo‘shishni taklif qildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, deputatlar hudud rahbarining vakolatlarini ko‘rsatuvchi 63-moddaga o‘zgartirish kiritmoqchi. «Birinchi xatboshi «Checheniston Respublikasi rahbari» degan so‘zlardan keyin «Mexkan Da» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin», deyiladi hujjatda. Bu ibora so‘zma-so‘z «o‘lka otasi» deb tarjima qilinadi, biroq «xalq otasi» ma’nosida qo‘llanadi.

Qonun loyihasi tashabbuskorlari 20 nafar deputat, jumladan, respublika parlamenti raisi Magomed Daudov bo‘lgan.

Yaqinda Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Milliy lider» unvonini olgan edi. Shuningdek, uning «Arqadag‘» (Orqatog‘, homiy) unvoni ham bor.

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev «Elbasi» (Elboshi) unvonini olgan, ammo keyinchalik undan mahrum qilingan edi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon «Peshvoi millat» (Millat yetakchisi) unvoniga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!