Ramzan Qodirov Komil Allamjonovga suiqasd qilishda ayblandi
Avvalroq, Komil Allamjonovga nisbatan suiqasd uyishtirilgani va avtomobilga o‘q otishda gumon qilinayotgan 4 kishi hibsga olingani haqida xabar qilingan edi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ushbu voqea yuzasidan ayrim fikrlarni ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, tergov jarayonida suiqasdga aloqador barcha shaxslar va ularning maqsadlari aniqlanishi lozim.
"Biroq, natijalarni kutmay, G‘arbparast va mamlakat ichidagi ayrim muxolif OAV "chechen izi" haqidagi taxminni zo‘rma-zo‘raki o‘rtaga tashlashdi, keyinchalik esa bu izni menga bog‘lab qo‘yishdi.
Bu ig‘vogarona urinishga javob berishni o‘ylamayman. Ayniqsa, hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning dono siyosati tufayli O‘zbekistonda barcha sohalar, jumladan, axborot va huquqni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlar a’lo darajada yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash joiz. Shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, agar men chindan ham biron narsani rejalashtirgan bo‘lsam, ishni oxiriga yetkazgan va yuz foizlik natijaga erishgan bo‘lardim",- deydi Ramzan Qodirov.
Shuningdek, u Chechenlar va o‘zbeklar - umumiy tarixiy o‘tmishga ega bo‘lgan qardosh xalqlar ekanligini qayd etdi.
"Bizni ko‘p narsalar bog‘lab turadi. Men uchun shaxsan O‘zbekiston - aziz otam Ahmad Hojining hayotidagi alohida va muhim qism bo‘lib, u o‘zbek xalqini va uning urf-odatlarini juda yaxshi ko‘rardi. Men bu axborot tarqatishni ba’zi uchinchi tomonlarning siyosiy o‘yini vositasi va mamlakatlarimiz o‘rtasida kelishmovchilik keltirib chiqarishga bo‘lgan ochiq urinish deb baholayman.
"Ishonchim komilki, uning ortidan G‘arb soxtalari uslubidagi boshqa nashrlar ham keladi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, men va O‘zbekistondagi aziz birodarlarim. bu ig‘vogarona axborot tashlamalari ortida kim turganini aniqlaymiz",- deydi Qodirov.