Ramzan Kadirovning 18 yoshli o‘g‘li "Axmat" prezidentiga aylandi

Ramzan Kadirovning 18 yoshli o‘g‘li "Axmat" prezidentiga aylandi

Grozniyning "Axmat" klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Axmat Kadirov klub prezidenti etib tayinlanganini e’lon qildi.

"Axmat" futbol klubining yangi prezidenti etib, Chechen Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Axmat Kadirov tayinlandi.

Ishonchimiz komilki, Axmat Ramzanovich boshchiligida jamoani yangi g‘alabalar, muvaffaqiyat va sovrinlar kutib turibdi. Klub vise-prezidentlaridan biri etib esa Chechen Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri birinchi o‘rinbosari Umar Daudov tayinlandi.

Jonajon jamoamiz "Axmat"ni rivojlantirish yo‘lida omad va zafarlar tilab qolamiz. Birgalikda g‘alabaga erishamiz!" — deyiladi klub xabarida.

18 yoshli Axmat Kadirov Chechen Respublikasi yetakchisi Ramzan Kadirovning o‘g‘li hisoblanadi.

Bugun, 23 may sanasida Magomed Daudov "Axmat" klubi prezidenti lavozimini tark etgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!