Quvaytda ayollar birinchi marta sudya etib tayinlanishdi

Quvaytda ayollar birinchi marta sudya etib tayinlanishdi

Mamlakat tarixida birinchi marta sakkiz nafar ayol Quvayt Oliy sudining sudyasi etib tayinlandi.

Bu haqda Fransiyaning “Le Figaro” nashri xabar berdi.

Ushbu ayollar Oliy sudga tayinlangan 54 sudyalar orasidan joy olishdi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, saylash hamda saylovlarda nomzodini qo‘yish huquqi Quvayt ayollariga 2005 yilda berilgan, shuningdek, xuddi shu yili Massuma al-Muborak vazir etib tayinlangan birinchi ayol bo‘lgandi.

“Quvayt Fors ko‘rfazidagi eng liberal mamlakatlardan biri sanaladi, ammo hanuzgacha ayollarning erkinliklariga jiddiy cheklovlar mavjud”, deb yozadi gazeta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!