Quva tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Quva tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “M.E.”, “S.R.” va “I-Z.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari dala maydonlariga o‘rnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 358,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!