Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoyni qurol nazorati bo‘yicha muzokaraga chaqirdi

Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoyni qurol nazorati bo‘yicha muzokaraga chaqirdi

Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoy bilan strategik qurollarni nazorat qilish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarga kirishmoqchi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild 18 mart kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar berdi Deutsche Welle.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz muzokaralarga tayyor.

O‘tgan yili Rossiya Strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnomada ishtirokini to‘xtatgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Qo‘shma Shtatlar bilan hozirgi munosabatlar shunchalik yomonki, bunday muzokaralar haqida hali gapirishning iloji yo‘qligini ma’lum qilgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina bilan urush davom etayotgan bir paytda Rossiya AQSh bilan mazkur shartnomani qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormasligini aytgan.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Tomas-Grinfildning taklifiga javoban, Oq uy va NATO “Rossiyaga qarshi o‘ta dushmanlik yo‘lini” qayta ko‘rib chiqsagina, bu sohada hamkorlik qilish mumkinligini ma’lum qilgan.

Rossiya yadroviy raketa qurollarini nazorat qilish bo‘yicha yangi kelishuvlarni hisobga olgan holda Qo‘shma Shtatlar bilan strategik muloqot uchun asosni ko‘rmayapti, — dedi Polyanskiy BMT Xavfsizlik Kengashidagi “Yadroviy qurolsizlanish va yadro qurolini tarqatmaslik” mavzusidagi ochiq munozarada.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!