Quritish sexi va sovitkichli omborxonalar xarid qilganlarga imtiyozli kredit ajratilishi belgilangan

Quritish sexi va sovitkichli omborxonalar xarid qilganlarga imtiyozli kredit ajratilishi belgilangan

Qonunchilikka ko‘ra, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Bunda, kredit qishloq xo‘jaligi korxonalariga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.

Kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi olinishi belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!