Qo‘qonda ota farzandi uchun aliment o‘rniga uy topshirdi

Qo‘qonda ota farzandi uchun aliment o‘rniga uy topshirdi

Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 19.03.2021 yildagi sud 21/2432-sonli buyrug‘iga asosan qarzdor A.Tursunovdan undiruvchi X.Tursunova foydasiga ikki nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
25.03.2021 yilda davlat ijrochisi tomonidan qarzdor A.Tursunovga mazkur sud hujjati ijrosi yuzasidan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilganligi va har oyda to‘lab borilishi lozim bo‘lgan aliment bo‘yicha tushuntirish olib borilgan vaqtda qarzdor alimentni oldindan to‘liq to‘lab berishini ma’lum qilgan.
30.03.2021 yilda taraflar o‘rtasida notarial tartibda aliment pulini oldindan to‘liq to‘lab berilishi yuzasidan kelishuv bitimi rasmiylashtirilib, bitim summasi 75 042 717 so‘m qilib belgilangan.  Shuningdek, bitimga ko‘ra qarzdor A.Tursunov ushbu mablag‘ evaziga Qo‘qon shahridan ikki xonali kvartira olib berishi belgilangan. 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi tomonidan  mazkur kelishuv bitimi tasdiqlangan va X.Tursunovaga ikki xonali uy aliment hisobidan undirib berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!