Qo‘qon shahrida pullarini ayirboshlamoqchi bo‘lgan shaxs firibgarga aldandi

Qo‘qon shahrida pullarini ayirboshlamoqchi bo‘lgan shaxs firibgarga aldandi

Qo‘qon shahar. 2023 yilning 27 yanvar kuni I.D S.M.ning ishonchiga kirib, uning 300 AQSh dollarini 3.420.000 so‘mga ayirboshlab berishini va’da qilib, unga 2.320.000 so‘m pullarini berib, qolgan 1.100.000 so‘m pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!