QSh Demokratik partiyasidagi ko‘pchilik Baydenning prezidentlik saylovida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladi — The Wall Street Journal

QSh Demokratik partiyasidagi ko‘pchilik Baydenning prezidentlik saylovida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladi — The Wall Street Journal

Nashr bu haqda demokratlarning kecha bo‘lib o‘tgan yopiq yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra xabar bermoqda.

"Fraksiyaning uchdan bir qismi amaldagi prezidentning ketishini xohlaydi, uchdan biri uning qolishini istaydi, qolgan qismi esa Baydenning prezidentlikka nomzod ekanligini tan oldi, lekin u saylovda yutqazadi deb hisoblaydi", — deya ma’lum qildi nashr manbasi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda "g‘amgin muhit" hukm surgan. Ayrim demokratlar partiyaga yangi nomzod kerakligini ta’kidlab, prezidentni poygadan voz kechishga chaqirgan. Boshqalari esa Baydenni qo‘llab-quvvatlab, uning yutuqlarini eslatib o‘tgan.

Qayd etilishicha, Vakillar palatasining atigi yetti nafar a’zosi Baydenning prezidentlik saylovi poygasidan chiqishi zarurligi haqida ochiq gapirishgan.

Iyun oyi oxirida Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasida debat bo‘lib o‘tdi. Tahlilchilar va ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bu debat amaldagi prezident uchun muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. Shundan so‘ng Demokratik partiyadagi Baydenning ba’zi ittifoqchilari unga prezidentlik poygasidan voz kechishni taklif qilishdi. Prezidentning o‘zi va uning atrofidagilar esa u qayta saylanish uchun kurashni davom ettirish niyatida ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.

Siz qaysi domendagi internet magazinlaridan ko‘proq foydalanasiz?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!