Qozog‘istonga tovuq tuxumini olib kirish vaqtincha taqiqlandi

A A A
Qozog‘istonga tovuq tuxumini olib kirish vaqtincha taqiqlandi

Qozog‘iston Respublikasi hududiga tovuq tuxumlarini olib kirishga olti oy muddatga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.

Tartib bugun, 9 apreldan kuchga kirdi. «Bahor-yoz mavsumida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oziq-ovqat tuxumi importiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi», — deya taqiq sababini ochiqladi vazirlik.

Shu bilan birga, cheklov tovuq tuxumlarini Qozog‘iston hududi orqali tranzit qilish, shuningdek, ularni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bir davlat hududidan Qozog‘iston orqali ittifoqqa a’zo boshqa davlat hududiga olib o‘tishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

«Ma’lumki, ushbu davrda tuxumga bo‘lgan talabning pasayishi kuzatiladi, bozor ehtiyojlari sanoat ishlab chiqarishi va uy xo‘jaliklari mahsulotlarining bozorda faol ishtirok etishi hisobiga to‘liq qoplanadi. Mazkur omil parrandachilik fabrikalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, tuxum narxi pasaymoqda. Narxning tannarxdan pasayishi korxonalarning rentabelligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu davrda tuxumlarni saqlash muddatlari qisqaradi, shu bilan birga, texnologik xususiyatlar tufayli tuxum ishlab chiqarish hajmi kamaymaydi, bu esa omborlarda tovar to‘planishiga olib keladi.

Ko‘rsatilgan omillarni hisobga olgan holda, Tashqi savdo siyosati masalalari bo‘yicha idoralararo komissiyada Qozog‘iston hududiga tovuq tuxumlarini olib kirishga vaqtinchalik cheklov choralarini belgilash maqsadga muvofiqligi ma’qullandi, deyiladi vazirlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

APL. «Sautgempton» - «Manchester Siti». Husanov bugungi bahsda ishtirok etmaydi

Англия чемпионатининг 36-тури доирасида «Манчестер Сити» сафарда «Саутгемптон» клуби меҳмони бўлади.

Rossiya S-300/400 maketlari bilan dunyo ko‘zini aldamoqda!

Россия Қуролли Кучлари Узоқ Шарқда ҳаво мудофааси даражасини сақлаб қолгандек кўриниш учун С-300/400 зенит-ракета комплексларининг макетларини ўрнатмоқда.

Ukraina O‘zbekistonga sanksiya joriy qildi. Uchta kompaniya va bir fuqaro “qora ro‘yxat”da

Эълон қилинган фармонга кўра, жами 58 нафар жисмоний ва 74 нафар юридик шахсга нисбатан чеклов чоралари қўлланилган, улардан 67 нафари Россия Қуролли кучларига ҳарбий технологиялар етказиб беришда айбланган.

"Real"da kutilmagan qaror! Anchelotti "Barsa"ga qarshi Arda Gyulerni asosiy tarkibda tushiradi

Мадриднинг "Реал" клуби якшанба куни Ла Лига 35-турида "Барселона" меҳмони бўлади.

AQSh Ukrainada abadiy urush o‘tkazish istagini e’lon qildi

Бу ҳақда профессор Питер Кузник РИА Новости агентлигига берган интервьюсида маълум қилди .

Husanovsiz "Manchester Siti" Chempionshipga tushib ketgan "Sautgempton"ni yenga olmadi

"Манчестер Сити" Англия чемпионатининг 36-турида "Саутгемптон" меҳмони бўлди ва 0:0 ҳисобида дуранг қайд этди.

“Ota-onam men bilan gaplashmaydi…” Bloger Maryam Tillayeva shaxsiy hayoti haqida intervyu berdi

Халқдан ўғирланган пулларга яшаётганимиз ҳақидаги гап-сўзлар мен ва оиламга ёпиштирилган бир тамға.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Van Damm Putinga murojaat qildi

Унинг мурожаати видеосини украиналик журналист Диана Панченко ўзининг Телеграм-каналида жойлаштирган.

Rubl dunyoning barcha valyutalarini ortda qoldirdi

2025 йил бошидан бери россия рубли долларга нисбатан энг кучли мустаҳкамланган валютага айланди.

Estoniya va Rossiya o‘rtasida jang chiqishiga sal qoldi

Эстония ҳарбий-денгиз кучлари ва НАТО авиацияси Болтиқ денгизида Россия портига йўл олган Габон байроғи остидаги нефть танкерини қўлга олишга уриниш қилди. Воқеа Фин қўлтиғи сувларида юз берди.

Braziliya prezidenti Putinga qanday xabar olib keldi?

Россия телеграм-каналлари хабар беришича, Бразилия президенти Лула да Силва Москвага Хитой раҳбари Си Цзиньпиннинг мактубини олиб келган.

"Real" futbolchisi qamoqqa tushishi mumkin

Иш прокуратурага юборилди.

Endi tojikistonliklar Rossiya pensiyasini olishi mumkin

Россия Федерацияси ҳукумати ушбу пенсия таъминоти соҳасида ҳамкорлик тўғрисидаги шартномани маъқуллаган.

ERR: Estoniya floti va NATO aviasiyasi Boltiq dengizi orqali Rossiya portiga yo‘l olgan neft tankerini qo‘lga olishga urindi

Маълумотларга кўра, Эстония ҳарбийлари кемага икки марта вертолёт орқали десант туширишга уринган. Шунингдек, улар тактик авиация ёрдамига ҳам таянган.