Qozog‘istonda yalpi ichki mahsulot hajmi 5,1 foizga oshdi

Qozog‘istonda yalpi ichki mahsulot hajmi 5,1 foizga oshdi

Qozog‘istonda yalpi ichki mahsulot real ko‘rinishda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga o‘sdi, deb xabar beradi QR Milliy statistika byurosi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmi 120,5 trln tengeni tashkil etadi.

Eng yuqori o‘sishni ko‘rsatgan tarmoqlar:

Qurilish – 13,3%

Ulgurji va chakana savdo; avtomobil va motosikllarni ta’mirlash — 11,3%

Axborot va aloqa — 7,5%

Tashish va saqlash - 7,1%

Turar joy va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish — 5,4%

Konchilik va karyerlarni qazib olish — 4,6%

Hisobotga ko‘ra, 2023 yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 13276,7 AQSh dollarini tashkil qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!