Qozog‘istonda parlament saylovida ovoz berish yakunlandi

Qozog‘istonda parlament saylovida ovoz berish yakunlandi

Bugun Qozog‘istonning barcha viloyatlarida Qozog‘iston parlamenti Majilisi va maslihatlar deputatlari uchun navbatdan tashqari saylovlarda ovoz berish yakunlandi. Respublika bo‘yicha jami 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston yozmoqda.

Qozog‘istonning 15 viloyatida Ostona vaqti bilan soat 20:00 da ovoz berish yakunlandi. 77 ta saylov uchastkasi 62 davlatda tashkil etildi.

Ovoz berish tugagach, saylov komissiyalari a’zolari ovozlarni sanab chiqishga kirishadi.

Saylovchilar ro‘yxatiga 12 milliondan ortiq kishi kiritilgan. Soat 20:00 da saylovchilarning 54,09 foizi qatnashgan.

Parlament saylovlarida Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan barcha yetti partiya ishtirok etmoqda: “Amanat”, “Auil”, “Respublika”, Qozog‘iston xalq partiyasi, “Baytak”, “Ak Jol” va Milliy sosial-demokratik partiya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!