Qozog‘istonda korrupsionerlarning puliga 15 ta maktab ochildi

Qozog‘istonda korrupsionerlarning puliga 15 ta maktab ochildi

Qozog‘istonda Ta’lim infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qariyb 19 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan 15 ta yangi maktab ochildi, bu jamg‘arma korrupsionerlardan tortib olingan mablag‘lar hisobidan to‘ldiriladi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, jamg‘arma faoliyati uch smenali o‘qitish, avariyadagi maktablar muammolari va umuman, maktablarni qurish va rekonstruksiya qilish orqali o‘quvchilar o‘rinlari yetishmasligini bartaraf etishga qaratilgan. Tashkil etilganidan buyon 76,7 ming o‘rinli 62 ta maktab qurilishi moliyalashtirilib, ulardan 52 tasi foydalanishga topshirildi.

Joriy yil boshida Ta’lim infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yana 20 ta yangi maktab qurilishi ma’lum bo‘ldi. Ularning foydalanishga topshirilishi 2025 yilda kutilmoqda. Umuman olganda, jamg‘arma 92 ming o‘quvchi o‘rinli 82 ta maktab qurilishini moliyalashtirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!