Qozog‘iston va Rossiya sanoat kooperasiyasi sohasida 100 dan ortiq loyihalarni amalga oshirmoqda

Qozog‘iston va Rossiya sanoat kooperasiyasi sohasida 100 dan ortiq loyihalarni amalga oshirmoqda

Qozog‘iston va Rossiya sanoat kooperasiyasi sohasida 22 milliard dollarlik 100 dan ortiq loyihalarni amalga oshirmoqda.

Sochida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi doirasida Smoilov va Mishustin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘istonda Rossiyaning “Evroxim”, “Lukoyl”, “EFKO”, “Tatneft” kabi yetakchi kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

"Qozog‘iston va Rossiya korxonalari yangi innovasion sanoat loyihalarini amalga oshirishga hozirdanoq tayyor. Buni o‘tgan yili imzolangan qo‘shma harakatlar dasturi tasdiqlaydi. Bu dasturda umumiy qiymati qariyb 9 milliard dollarlik yana 29 ta loyiha bo‘yicha hamkorlik qilish va qariyb 12,5 ming ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan", - ta’kidladi Qozog‘iston bosh vaziri.

O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha tovar ayirboshlash hajmi 6 foizga, birinchi chorak yakunlari bo‘yicha esa yana 10 foizga o‘sdi.

"Hozir sanoat, muhandislik, energetika va transport infratuzilmalarida yangi ishlab chiqarish zanjirlarini yaratishni tezlashtirish muhim", - dedi Rossiya hukumati rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!